BO'LAJAK TARBIYACHILARDA INKLUZIV O'YIN MUHITINI LOYIHALASH KOMPETENSIYASINI RAQAMLI TA'LIM (LMS) MUHITIDA RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK MODELI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarda inkluziv o‘yin muhitini loyihalash kompetensiyasini raqamli ta'lim muhitida rivojlantirishga qaratilgan didaktik model taklif etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi maktabgacha ta'limda inkluziv yondashuvni amaliyotga joriy etish, kelajak pedagoglarining maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlashga tayyorgarligini raqamli formatda kuchaytirish zarurati bilan belgilanadi. Maqolada kompetensiyaviy, faoliyatli va universal dizayn tamoyillariga tayangan holda maqsadli, mazmunli, texnologik va natijaviy bloklardan iborat model ishlab chiqiladi. Moodle va Canvas kabi LMS platformalarining moslashuvchan kontent, formatif baholash, forum, topshiriq, rubrika va o‘quv analitikasi imkoniyatlari modelning amaliy asosi sifatida sharhlanadi. Natijada LMS inklyuziv o‘yin muhitini loyihalashni o‘rgatishda nafaqat material saqlovchi platforma, balki amaliy qaror qabul qilish, refleksiya, hamkorlik va monitoringni birlashtiruvchi didaktik ekotizim sifatida talqin etiladi.



