BINOLARDA QO'LLANILADIGAN BIOASOSLI IZOLYATSIYA MATERIALLARINING TERMAL XUSUSIYATLARINI QIYOSIY TAHLIL QILISH
收藏资源简介:
Ushbu tahliliy maqolada binolarning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan issiqlik izolyatsiya materiallari bo‘yicha zamonaviy ilmiy adabiyotlar tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi an’anaviy izolyatsiya materiallari (λ ≈ 0.035–0.045 W/mK), super izolyatsiya guruhiga kiruvchi aerogellar (λ ≈ 0.013–0.018 W/mK) va vakuumli izolyatsiya panellari (λ ≈ 0.004–0.008 W/mK) hamda bioasosli izolyatsiya tizimlarining (λ ≈ 0.038–0.050 W/mK) bino qobig‘ining ichki va tashqi elementlarida qo‘llanish imkoniyatlarini tanqidiy baholashdan iborat. Mavjud tadqiqotlarda izolyatsiya materiallari ko‘pincha alohida yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganiladi, bu esa ularning kompleks samaradorligini baholashni cheklaydi. Shu sababli mazkur ishda energiya samaradorligi, issiqlik va akustik izolyatsiya xususiyatlari, ekspluatatsion barqarorlik, xizmat muddati (15–30 yil), iqtisodiy samaradorlik hamda ekologik ta’sir mezonlari asosida tizimli solishtirma tahlil amalga oshiriladi. O‘tkazilgan tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, super izolyatsiya materiallari juda yuqori issiqlik samaradorligini (R > 5–7 m²K/W) ta’minlasa-da, ularning iqtisodiy va texnologik cheklovlari mavjud. Bioasosli izolyatsiya materiallari esa nisbatan o‘rtacha termal ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishiga qaramay, ekspluatatsiya davomida energiya talabini 20–35 % gacha kamaytirish imkoniyati bilan barqaror qurilish konsepsiyasi nuqtai nazaridan muhim salohiyatni namoyon etadi.



