PEDAGOGLARNING KASBIY-METODIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida pedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari keng yoritilgan. Muallif tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoni asosida joriy etilgan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari, mentorlik tizimi, 4K modeli (kreativlik, kommunikatsiya, kollaboratsiya, kritik fikrlash) va refleksiv yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, pedagoglarning emotional charchashi (burnout) sindromining oldini olish, ularning motivatsiyasini oshirish, stressga bardoshliligini kuchaytirish va kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan. Maqolada Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari, xorijiy tajribalar va statistik ma'lumotlar tahlil qilingan.



