"MARKAZIY OSIYODA ISLOMGACHA BO'LGAN DAVR PEDAGOGIKASI: "AVESTO" VA XALQ OG'ZAKI IJODIDA TARBIYA MEZONLARI"
收藏资源简介:
Mazkur maqolada Markaziy Osiyo xalqlarining islom dini kirib kelguniga qadar shakllangan pedagogik qarashlari va tarbiya tizimi tarixiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy ob’ekti sifatida zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” hamda xalq og‘zaki ijodi namunalari (maqollar, dostonlar, ertaklar) olingan. Maqolada “Avesto”dagi “Humata, Hukta, Hvarshta” (Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal) triadasi asosida shakllangan axloqiy poklik, mehnatsevarlik va atrof-muhitni asrash (ekologik tarbiya) tamoyillari yoritib berilgan. Shuningdek, folklordagi vatanparvarlik, mardlik va insoniy fazilatlarni avloddan-avlodga uzatish mexanizmlari o‘rganilgan. Ushbu qadimiy tarbiya mezonlarining zamonaviy milliy pedagogikadagi ahamiyati asoslangan.



