INFLATSIYA VA UNING IQTISODIYOTGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada inflatsiyaning mohiyati, uning kelib chiqish sabablari va iqtisodiyotga ta'siri tahlil qilinadi. Inflatsiya darajasining ortishi jamiyatning turli qatlamlariga qanday ta'sir ko'rsatishi, uning iqtisodiy barqarorlikka bo'lgan xavflari va potensial foydalari muhokama qilinadi. Shuningdek, davlatning inflatsiyani boshqarish strategiyalari, jumladan, pul-kredit va fiskal siyosat vositalari ko'rib chiqiladi. Maqolada inflatsiyaning uzoq muddatli makroiqtisodiy oqibatlari va uni samarali tartibga solish yo'llari haqida xulosalar beriladi.Zamonaviy iqtisodiyotda inflatsiya eng muhim va murakkab makroiqtisodiy hodisalardan biri hisoblanadi. Inflatsiya nafaqat narxlar darajasining o‘sishi, balki aholi turmush darajasi, ishlab chiqarish hajmi, investitsiyalar, jamg‘armalar va umumiy iqtisodiy barqarorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadigan jarayondir. Har bir davlat iqtisodiy siyosatida inflatsiyani jilovlash, uni maqbul darajada ushlab turish muhim vazifa hisoblanadi. Inflatsiya darajasining oshib ketishi milliy valyutaning qadrsizlanishiga, aholi real daromadlarining pasayishiga, ijtimoiy tengsizlikning kuchayishiga olib keladi. Shu bilan birga, me’yoriy darajadagi inflatsiya iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishi ham mumkin. Shuning uchun inflatsiya hodisasini chuqur o‘rganish, uning sabab va oqibatlarini tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi.



