ANESTEZIOLOGIYA VA REANIMATOLOGIYA FANINI O'QITISHDA VR TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING KLINIK-DIDAKTIK ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada anesteziologiya va reanimatologiya fanini o‘qitishda VR texnologiyalaridan foydalanishning klinik-didaktik asoslari tahlil qilingan. Anesteziologiya va reanimatologiya yuqori xavfli klinik vaziyatlar, tezkor qaror qabul qilish, bemor xavfsizligi, algoritmik harakat va jamoaviy kommunikatsiya bilan bog‘liq fan sifatida talabalardan nafaqat nazariy bilim, balki real klinik faoliyatga yaqin amaliy tayyorgarlikni talab qiladi. Maqolada an’anaviy o‘qitish metodlarining cheklovlari, VR simulyatsion muhitning didaktik imkoniyatlari, o‘pka-yurak reanimatsiyasi algoritmini VR muhitida o‘qitish modeli, VR-log, avtomatik feedback va debrifingning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. VR texnologiyalari klinik vaziyatlarni real bemorga zarar yetkazmagan holda xavfsiz, takroriy, immersiv va interaktiv modellashtirishga imkon beruvchi innovatsion pedagogik vosita sifatida asoslangan.



