INTEGRATION SMART MANUFACTURING TECHNOLOGIES INTO PUBLIC PROCURMENT SYSTEMS. A SYSTEMATIC LUTERATURE REVIEW
收藏资源简介:
Ushbu tadqiqot Industry 4.0 texnologiyalarini davlat xarid tizimlariga integratsiya qilish masalasini, ayniqsa O‘zbekistonda davlat xarid jarayonlarini modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratgan holda o‘rganadi. Tadqiqotda Internet of Things, Artificial Intelligence, katta ma’lumotlar tahlili (big data analytics) va aqlli ishlab chiqarish tizimlari kabi ilg‘or raqamli texnologiyalar xarid jarayonlarining shaffofligi, samaradorligi, yetkazib beruvchilarni baholash va qaror qabul qilish jarayonlarini qanday yaxshilashi mumkinligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda aralash usullar (mixed-methods) tadqiqot dizaynidan foydalanilib, xarid tranzaksiya ma’lumotlari, yetkazib beruvchilar faoliyati ko‘rsatkichlari va so‘rovnoma natijalarining miqdoriy tahlili sifatli intervyular hamda hujjatli tahlil bilan integratsiya qilindi. Tadqiqot pragmatik epistemologik yondashuvga asoslanib, obyektiv statistik dalillarni manfaatdor tomonlarning kontekstual qarashlari bilan uyg‘unlashtirishni maqsad qilgan.



