"SHUM BOLA" ASARIDAGI REALIYALARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada Gʻafur Gʻulomning mashhur ’’Shum bola’’ asarida uchraydigan realiyalar lingvokulturologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida asardagi milliy-madaniy xususiyatlarni ifodalovchi til birliklari aniqlanib, ularning badiiy matndagi vazifasi va semantik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Realiyalar orqali o‘zbek xalqining turmush tarzi, urf-odatlari, ijtimoiy muhit va madaniy qadriyatlari qanday aks etgani yoritiladi. Shuningdek, realiyalarning matnda milliy kolorit yaratishdagi o‘rni hamda ularning lingvokulturologik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida semantik, kontekstual va lingvokulturologik tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijada, asardagi realiyalar o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy hayoti va mentalitetini ifodalovchi muhim til birliklari ekanligi aniqlandi.



