OBYEKTNI LOYIHALASHDA NOGIRONLIGI BOR SHAXSLAR UCHUN TO`SIQSIZ MUHITNI SHAKLLANTIRISH ALGORITMI
收藏DataCite Commons2026-05-05 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20043883
下载链接
链接失效反馈官方服务:
资源简介:
Ushbu maqola obyektlarni loyihalash jarayonida to‘siqsiz muhitni shakllantirishning bosqichma-bosqich algoritm ko‘rinishida tizimlashtirishga bag‘ishlangan. Ushbu algoritm quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi: muammo va uning sabablarini tahlil qilish, loyiha hududini o‘rganish, maqsad va vazifalarni aniqlash, loyiha rejasini ishlab chiqish hamda yakuniy baholash. Har bir bosqich o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, loyihalash jarayonini tizimli va izchil tashkil etishga xizmat qiladi. Tadqiqotning dolzarbligi shaharsozlik amaliyotida inson omilini asosiy mezon sifatida qarash, shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun teng, xavfsiz va qulay muhit yaratish zarurati bilan belgilanadi .Ushbu tadqiqot natijalari to‘siqsiz muhitni shakllantirish jarayonini tizimli yondashuv asosida takomillashtirishga imkon beradi hamda zamonaviy arxitektura va shaharsozlik amaliyotida universal dizayn tamoyillarini samarali qo‘llash uchun ilmiy-metodologik asos yaratadi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-05



