遇见数据集

O'TKIR APPENDITSITNI ERTA TASHXISLASH VA SAMARALI XIRURGIK DAVOLASH USULLARINING KLINIK AHAMIYATI

收藏
Zenodo2026-04-27 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tezisda o‘tkir appenditsitni erta tashxislash va samarali xirurgik davolash usullarining klinik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda kasallikning etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari tahlil qilinib, zamonaviy diagnostika usullari — laborator tekshiruvlar, ultratovush tekshiruvi va kompyuter tomografiyaning o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, klinik skorlash tizimlari, xususan Alvarado shkalasining tashxis qo‘yishdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Davolash masalasida an’anaviy ochiq appendektomiya va zamonaviy laparoskopik usullarning afzalliklari taqqoslangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kasallikni erta aniqlash va minimal invaziv jarrohlik usullarini qo‘llash asoratlar xavfini kamaytiradi hamda bemorlarning tez tiklanishini ta’minlaydi. Olingan ma’lumotlar klinik amaliyotda o‘tkir appenditsitni samarali boshqarish uchun muhim ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务