FIZIKA FANINI O'QITISHDA BARQAROR TARAQQIYOT TA'LIMI TUSHUNCHALARINING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI
收藏资源简介:
Annotatsiya: Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, pedagogik kuzatuvlar, tajriba-sinov ishlari hamda statistik usullardan keng foydalanilib, fizika fanini o'qitishda barqaror taraqqiyot ta'limi tushunchalarini joriy etishning didaktik prinsiplari va shart-sharoitlari aniqlangan. Shuningdek, o'quv jarayonida qo'llash uchun mo'ljallangan innovatsion pedagogik modellar, interfaol o'qitish metodlari va metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ularning amaliy samaradorligi tajriba-sinov natijalari asosida isbotlangan. Olingan natijalar fizika ta'limi mazmunini barqaror taraqqiyot maqsadlari bilan uyg'unlashtirish orqali talabalarda fanga bo'lgan qiziqishni oshirish, ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va kelajakda barqaror jamiyat qurishda faol ishtirok etuvchi malakali mutaxassislarni tayyorlashga muhim hissa qo'shadi.



