遇见数据集

Bo'lajak pedagoglarda kasbiy madaniyatni rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari

收藏
Zenodo2025-08-01 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada bo‘lajak pedagoglarda kasbiy madaniyatni rivojlantirishning nazariy va metodologik asoslari tadqiq etilgan. Kasbiy madaniyat pedagogning kasbiy kompetensiyalari, axloqiy-etik qadriyatlari hamda reflektiv faoliyati orqali shakllanadigan murakkab tizim sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda kasbiy madaniyatni rivojlantirish uchun shaxsga yo‘naltirilgan, tizimli va madaniy-kontekstual yondashuvlar asosiy metodologik tamoyillar sifatida ko‘rib chiqilgan. Maqolada xalqaro va milliy pedagogik tajribalar tahlil qilinib, kasbiy madaniyatni shakllantirishning bosqichlari va omillari aniqlangan. Olingan nazariy natijalar pedagogik ta’lim jarayonini takomillashtirish va zamonaviy o‘qituvchi shaxsining kasbiy madaniyatini mustahkamlash uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Maqola pedagogika, ta’lim nazariyasi va kadrlarni tayyorlash sohasidagi mutaxassislar uchun qiziqarli va foydali ilmiy manbadir.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2025-08-01
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务