SUN'IY NEYRON TARMOQLARNI MATEMATIK MODELLASHTIRISH VA ULARNING MATEMATIKA TA'LIMIDAGI QO'LLANILISHI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada sun'iy neyron tarmoqlarning matematik modellashtirish asoslari, ularning matematik apparati hamda ko‘p qatlamli neyron tarmoqlarning tuzilishi va ishlash tamoyillari tahlil qilingan. Neyron tarmoqlarning vektor-matritsa modeli, aktivatsiya funksiyalari, xatolik funksiyalari, gradient tushish va Backpropagation algoritmlarining matematik mohiyati yoritilgan. Shuningdek, neyron tarmoqlarning universal approksimatsiya xususiyati hamda optimallashtirish usullari matematik nuqtai nazardan izohlangan. Maqolada matematik modellashtirish usullarini matematika ta'limi jarayoniga tatbiq etish, adaptiv o‘qitish tizimlarini yaratish va o‘quvchilarning bilimini intellektual baholash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari sun'iy intellekt texnologiyalarini matematika ta'limiga integratsiya qilish ta'lim samaradorligini oshirish, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishni rivojlantirish va zamonaviy raqamli ta'lim muhitini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Nazariy asos sifatida ko‘p qatlamli neyron tarmoqlarning matematik modeli, o‘qitish algoritmlari va approksimatsiya xususiyatlariga oid ilmiy qarashlardan foydalanilgan.



