MIYA QON AYLANISHI BUZILISHLARINING PATOGENETIK MEXANIZMLARI VA KLINIK OQIBATLARI
收藏资源简介:
Miya qon aylanishi buzilishlari markaziy asab tizimi kasalliklari orasida o‘lim va nogironlikka olib keluvchi yetakchi patologiyalardan biri hisoblanadi. Ushbu kasalliklar miya to‘qimalarining kislorod va ozuqa moddalari bilan yetarli darajada ta’minlanmasligi natijasida yuzaga kelib, neyronlarning funksional yetishmovchiligi va nobud bo‘lishi bilan kechadi. Mazkur maqolada miya qon aylanishi buzilishlarining rivojlanishida ishtirok etuvchi asosiy patogenetik mexanizmlar, jumladan ishemiya, metabolik yetishmovchilik, eksitotoksiklik, oksidlovchi stress va reperfuziya shikastlanishi ilmiy manbalar asosida batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu patologik jarayonlarning klinik oqibatlari, ya’ni harakat, nutq, kognitiv va psixoemotsional buzilishlarning shakllanish mexanizmlari yoritilgan. Miya qon aylanishi buzilishlarining patogenezini chuqur o‘rganish kasalliklarni erta aniqlash, samarali davolash va og‘ir asoratlarning oldini olishda muhim ilmiy ahamiyatga ega.



