QISHLOQ XO'JALIGIDA SUG'URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA AMALIY MUAMMOLAR
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada qishloq xo‘jaligida sug‘urta tizimini rivojlantirishning nazariy asoslari, iqtisodiy zarurati hamda amaliy muammolari tahlil qilinadi. Iqlim o‘zgarishi, tabiiy ofatlar, narxlar beqarorligi va ishlab chiqarish risklarining ortishi agrar sektorda sug‘urta mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Tadqiqot davomida agro-sug‘urtaning iqtisodiy samaradorligi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va xalqaro tajriba o‘rganildi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirish jarayonida institutsional islohotlar va tartibga solish mexanizmlarining ahamiyati, xususan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati yoritildi. Natijada agro-sug‘urta tizimini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.



