遇见数据集

O'ZBEKISTON OLIY TA'LIMIDA GREEN HRM NING XODIMLARGA TA'SIRI

收藏
Zenodo2026-04-22 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tadqiqot O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida inson resurslarini boshqarish jarayonlarining transformatsiyasini keng ko‘lamli ta’lim islohotlari, COVID-19 pandemiyasi hamda raqamli transformatsiya jarayonlari kontekstida tahlil qiladi. Tadqiqotda oliy ta’lim muassasalaridagi institutsional o‘zgarishlar, masofaviy ta’limga tezkor o‘tish hamda raqamli texnologiyalarning joriy etilishi akademik va ma’muriy xodimlarning mehnat faoliyati, mas’uliyatlari va kasbiy rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgani o‘rganiladi. Tadqiqot sifatli tahlil (qualitative analysis) yondashuviga asoslanib, siyosiy hujjatlar, ilmiy adabiyotlar va mavjud kontekstual ma’lumotlarni o‘rganish orqali olib borildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli transformatsiya boshqaruv jarayonlarining samaradorligini oshirish, shaffoflikni kuchaytirish hamda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan. Shu bilan birga, bu jarayon xodimlar zimmasidagi ish yuklamasining ortishi, stress darajasining oshishi va raqamli kompetensiyalarni doimiy ravishda rivojlantirish zaruratini ham yuzaga keltirgan. Tadqiqot shuningdek, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va raqamlashtirish jarayonlariga qaramay, kadrlar boshqaruvida ekologik barqarorlik tamoyillarini o‘z ichiga olgan Green Human Resource Management (Green HRM) amaliyotlari yetarli darajada yoritilmaganini ko‘rsatadi. Shu bois, mazkur tadqiqot ushbu yo‘nalishda muhim ilmiy bo‘shliq mavjudligini ta’kidlab, kelgusida oliy ta’lim muassasalarida barqarorlikka yo‘naltirilgan kadrlar boshqaruvi siyosatlarini rivojlantirish zarurligini asoslab beradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-22
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务