RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TIJORAT BANKLARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada raqamli transformatsiya jarayonlarining tijorat banklari raqobatbardoshligiga ta’siri moliyaviy barqarorlik va risk ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda tijorat banklarining kredit portfeli tuzilmasi, muammoli kreditlar (NPL), kapital yetarliligi, likvidlik darajasi hamda resurs bazasi konsentratsiyasi raqamli bank xizmatlari kengayishi sharoitida o‘rganildi. Empirik tahlil O‘zbekiston tijorat banklaridan biri — “Turonbank” ATBning 2025-yil 1-may holatiga tuzilgan rasmiy hisobot ma’lumotlariga asoslandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli kreditlash va onlayn moliyalashtirish bank xizmatlari ommaviyligini oshirgan bo‘lsa-da, kredit risklari va likvidlik nomutanosibligini kuchaytiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.



