遇见数据集

ARAB MATBUOTI SARLAVHALARIDA STILISTIK VOSITALAR VA ULARNING KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK VAZIFALARI

收藏
Zenodo2026-08-14 更新2026-08-20 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada zamonaviy arab matbuoti sarlavhalarida qo‘llaniladigan stilistik vositalar va ularning kommunikativ-pragmatik vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida “Al-Sharq Al-Awsat”, “Al-Youm” va “Al-Youm Al-Sabi” gazetalarining elektron nashrlaridan tanlangan 220 ta arabcha sarlavhadan shakllantirilgan korpusdan foydalanildi. Amaliy materialda uchragan takror, parallelizm, tazod, maqol, mashhur ibora, Qur’oniy iqtibos, hadisga ishora, intertekstual birliklar hamda ekspressiv-metaforik ifodalar stilistik va kontekstual tahlil qilindi. Tahlil natijalari mazkur vositalar sarlavhada faqat obrazlilik hosil qilmasdan, axborotning muayyan komponentini oldinga chiqarish, semantik ziddiyatni kuchaytirish, madaniy va diniy assotsiatsiyalarni faollashtirish hamda o‘quvchi e’tiborini asosiy matnga yo‘naltirish vazifalarini bajarishini ko‘rsatadi. Shuningdek, intertekstual birliklarning kommunikativ samarasi auditoriyaning lingvomadaniy kompetensiyasiga bog‘liq ekanligi aniqlanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-14
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务