SOLIQ IMTIYOZLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI INVENTARIZATSIYA QILISH VA ULARNI QISQARTIRISHNING FISKAL BARQARORLIKKA TA'SIRINI MODELLASHTIRISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada soliq imtiyozlarining iqtisodiy samaradorligini baholash, ularni inventarizatsiya qilish hamda samarasiz yoki past samarali soliq imtiyozlarini qisqartirishning fiskal barqarorlikka ta’sirini modellashtirish masalalari tadqiq etiladi. Soliq imtiyozlari iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, ustuvor tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash va ayrim ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga erishish vositasi bo‘lishi bilan birga, davlat budjeti uchun olinmay qolgan soliq tushumlari shaklidagi fiskal xarajatlarni ham yuzaga keltiradi. Shu sababli maqolada soliq imtiyozlarini ularning maqsadi, benefisiarlari, budjetga ta’siri va iqtisodiy natijadorligi bo‘yicha tizimli inventarizatsiya qilish zarurati asoslanadi. Tadqiqot natijalari soliq imtiyozlarini optimallashtirish, davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va uzoq muddatli fiskal barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.



