遇见数据集

SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDAGI ADSORBENTLARNING METILEN KO'KNI ADSORBSIYALASH SAMARADORLIGI

收藏
Zenodo2026-08-10 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Ushbu tezisda qishloq xo‘jaligi va sanoat chiqindilari asosida olinadigan arzon adsorbentlarning metilen ko‘k bilan ifloslangan suvlarni tozalashdagi adsorbsion samaradorligi qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqotda turli xil biomassa chiqindilari, jumladan meva va sabzavot po‘stloqlari, o‘simlik poyalari, tolalar, barglar, daraxt po‘stloqlari hamda sanoat chiqindilari asosida olingan adsorbentlarning maksimal adsorbsiya sig‘imi (Qmax), pH, harorat va kontakt vaqti kabi asosiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, eng yuqori Qmax qiymatlari qarag’ay qubbasiuchun 872.5mg/g, makkajo‘xori so‘tasi/po‘chog‘i uchun 865,55 mg/g va sholi poxoli uchun 652,55 mg/g ni tashkil etdi. Buryuseneta perperoni tolasi, Buryuseneta perperoni barglari va eman bargi uchun Qmax qiymati 500 mg/g ga teng bo‘ldi. Miskantus poyasi va kashtan bargi kukuni uchun mos ravishda 490,05 mg/g va 382,65 mg/g qiymatlar qayd etildi. Eng past adsorbsiya sig‘imi faollashtirilgan uchuvchan kul uchun 14,85 mg/g ni tashkil etdi. Olingan natijalar qishloq xo‘jaligi va biomassa chiqindilaridan arzon, samarali va ekologik jihatdan maqbul adsorbentlar olish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务