Surunkali yurak yetishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda instrumental tekshiruv samaradorligi va patomorfologik tahlili
收藏官方服务:
资源简介:
Maqolada surunkali yurak yetishmovchiligi (SYY) bilan kasallangan 95 nafar bemorda elektrokardiografiya (EKG), ekokardiografiya (ExoKG) va koronarografiyaning diagnostik samaradorligi o'rganilgan, olingan natijalar miokarddagi patomorfologik o'zgarishlar bilan taqqoslangan. Bemorlarning 61,1% ida chap qorincha otish fraksiyasi pasaygan, koronarografiya o'tkazilganlarning 72,3% ida gemodinamik ahamiyatli koronar stenoz aniqlangan. Otish fraksiyasi darajasi bilan miokarddagi interstitsial fibroz maydoni o'rtasida kuchli teskari bog'liqlik (r=–0,58) ko'rsatilgan. Instrumental usullarni majmuali qo'llash SYY etiologiyasini va og'irlik darajasini aniqlashtirishda yuqori diagnostik qiymatga ega ekanligi asoslangan.
提供机构:
Zenodo创建时间:
2026-09-27



