遇见数据集

ESHITISH IDROKINI RIVOJLANTIRISH VA TALAFFUZGA O'RGATISH BO'YICHA INDIVIDUAL MASHG'ULOTLARNI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA LOYIHALASH

收藏
Zenodo2026-05-26 更新2026-05-29 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan, jumladan koxlear implantatsiya qilingan bolalarda eshitish idrokini rivojlantirish va talaffuzga o‘rgatish bo‘yicha individual mashg‘ulotlarni axborot texnologiyalari asosida loyihalash masalalari yoritilgan. Maqolada zamonaviy surdopedagogik yondashuvlar, raqamli ta’lim vositalari, multimediya materiallari, interaktiv topshiriqlar, audio-vizual mashqlar va individual rivojlanish xaritasidan foydalanishning pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, individual mashg‘ulotlarni bosqichma-bosqich loyihalash, bolaning eshitish-nutqiy imkoniyatlarini diagnostika qilish, mashg‘ulot mazmunini differensiallashtirish va natijalarni monitoring qilish usullari bayon etiladi. Tadqiqotda axborot texnologiyalari eshitish idroki, fonematik eshituv, nutqni tushunish, tovushlarni farqlash va talaffuzni avtomatlashtirish jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilishi asoslab beriladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务