"TURAN UNIVERSITETI – ZAMONAVIY TA'LIM VA INNOVATSION TARAQQIYOT MARKAZI"
收藏资源简介:
Mazkur maqolada Turan universitetining zamonaviy oliy ta’lim tizimidagi o‘rni, innovatsion rivojlanish strategiyasi hamda yoshlarning intellektual salohiyatini shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari oliy ta’lim muassasalari oldiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Shu nuqtai nazardan, Turan universitetining zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim tizimlari va xalqaro hamkorlik asosida faoliyat yuritishi uning ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Maqolada universitetning ilmiy salohiyati, innovatsion yondashuvlari, zamonaviy infratuzilmasi hamda talabalar uchun yaratilayotgan akademik muhit tahlil qilingan. Shuningdek, universitetning xalqaro ta’lim maydonidagi nufuzi, zamonaviy mutaxassislar tayyorlashdagi roli va innovatsion taraqqiyot markazi sifatidagi istiqbollari keng yoritilgan. Tadqiqot natijalari Turan universiteti zamonaviy ta’lim va innovatsion rivojlanishning muhim markazlaridan biri sifatida shakllanayotganini ko‘rsatadi.



