遇见数据集

AUTOIMMUN TIREOIDIT FONIDA RIVOJLANGAN GIPOTIREOZNING XUSUSIYATLARI

收藏
Zenodo2026-04-08 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tezis autoimmun tireoidit fonida rivojlangan gipotireozning asosiy xususiyatlariga bag‘ishlangan. Unda kasallikning kelib chiqish mexanizmlari, klinik belgilari, laborator ko‘rsatkichlari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Autoimmun tireoidit qalqonsimon bez to‘qimasining immun tizim ta’sirida zararlanishi bilan kechib, asta-sekin bez faoliyatining susayishiga va gipotireoz rivojlanishiga olib keladi. Tezisda ushbu kasallikning ayollarda ko‘proq uchrashi, ko‘pincha noaniq va yashirin boshlanishi, boshqa autoimmun kasalliklar bilan birga kechishi hamda yurak-qon tomir, asab va reproduktiv tizimlarga salbiy ta’siri ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, tireotrop gormon, erkin tiroksin va autoantitanachalarni aniqlashning tashxisdagi o‘rni alohida ta’kidlangan. Xulosa sifatida autoimmun tireoidit fonida rivojlangan gipotireozni erta aniqlash, muntazam kuzatish va o‘z vaqtida davolash kasallik asoratlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-08
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务