遇见数据集

O'ZBEKISTONDA OLTIN KONLARI UCHUN OPTIMAL NAMUNAGA ISHLOV BERISH SXEMASIGA, MINERALOGIK JOYLASHUVNI HISOBGA OLGAN HOLDA TAHLILIY YONDASHUV

收藏
Zenodo2026-09-30 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Oltin konlaridan olingan geologik namunalarga ishlov berish sxemasida maydalash o‘lchamini noto‘g‘ri tanlash tahlil natijalarining ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Charmitan konidan olingan 5 kg li geologik namuna standart 1 mm gacha maydalanib, 5 ta teng 1 kg li qismga bo‘lindi; har bir qism alohida 0.074 mm gacha ezilib probir tahlilga yuborildi — natijalar 1,02 dan 4,87 g/t gacha (o‘rtacha 2,95 g/t, variatsiya koeffitsienti 47%) o‘zgardi. Bu kuzatuv O‘zbekistondagi yagona standart namunalarga ishlov berish sxemasi barcha mineralogik tipdagi konlar uchun mos kelmasligi mumkin degan tahliliy yondashuv turtki bo`ldi. O‘zbekistonning o‘nta oltin koni bo‘yicha nashr etilgan geologik ma'lumotlar Richards-Checheott formulasi (Q = kd²) yordamida tahlil qilinib, uch guruhli differentsial maydalash sxemasi taklif etiladi. Maqola gipoteza xarakteriga ega;

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-30
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务