KICHIK GURUHLARDAGI DINAMIK JARAYONLAR O'SPIRINLIK DAVRI
收藏资源简介:
Mazkur tezisda o‘spirinlik davrida kichik guruhlarda yuzaga keladigan dinamik psixologik jarayonlar tahlil qilinadi. O‘spirinlik davri shaxs rivojlanishining murakkab bosqichi bo‘lib, bu davrda tengdoshlar guruhi bilan muloqot va ijtimoiy munosabatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Kichik guruhlar o‘spirin shaxsining ijtimoiylashuvi, o‘zini anglash, xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish hamda emotsional tajriba orttirishida muhim rol o‘ynaydi. Guruh ichidagi liderlik, moslashuv, o‘zaro ta’sir, raqobat va hamkorlik kabi jarayonlar shaxsning psixologik rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘spirinlik davrida guruh ichidagi psixologik muhit, ijtimoiy mavqe va tengdoshlar ta’siri shaxsning qaror qabul qilishi hamda xulq-atvorida sezilarli namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayonlarni ilmiy jihatdan o‘rganish o‘spirinlar bilan ishlashda samarali psixologik yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini beradi.



