INGLIZ VA O'ZBEK TILLARI DISKURSIDA OKSIMORONNING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Annotatsiya: ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillari diskursida oksimoron hodisasining lingvopragmatik xususiyatlarini qiyosiy jihatdan tadqiq etishga qaratilgan. Tadqiqotda oksimoron shunchaki badiiy tasvir vositasi sifatida emas, balki so‘zlovchining muayyan kommunikativ maqsadini amalga oshirishga xizmat qiluvchi ta’sirchan pragmatik mexanizm sifatida o‘rganiladi. Maqolada har ikki tildagi mantiqiy ziddiyatli birikmalarning matn va diskurs doirasidagi funksiyalari, xususan, tinglovchi diqqatini jalb qilish, ironiya ifodalash va murakkab ruhiy holatlarni konseptuallashtirish xususiyatlari tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillariga oid misollar yordamida oksimoronning media, siyosat va badiiy diskursdagi o‘rni hamda o‘ziga xos milliy-madaniy xususiyatlari yoritib berilgan.



