CHET TILINI O'QITISHDA ZAMONAVIY CURRICULUM DESIGN YONDASHUVLARINING AHAMIYATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada chet tilini o‘qitish jarayonida zamonaviy curriculum design yondashuvlarining pedagogik ahamiyati va amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda kompetensiyaga asoslangan ta’lim, learner-centered approach, backward design hamda integrativ yondashuvlarning xorijiy til kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, o‘quv dasturlarini zamonaviy metodika asosida loyihalash talabalarning kommunikativ, analitik va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Maqolada curriculum design jarayonida raqamli texnologiyalar, interfaol metodlar va autentik materiallardan foydalanishning afzalliklari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish chet tilini samarali o‘qitishda muhim omillardan biri ekanligini ko‘rsatadi.



