遇见数据集

XORAZM VILOYATIDA YOSHLAR BANDLIGINI TA'MINLASH SIYOSATI: TARIXIY TAJRIBA VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

收藏
Zenodo2026-09-27 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida Xorazm viloyatida yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va hududiy xususiyatlari tarixiy-tahliliy nuqtayi nazardan tadqiq etilgan. Yoshlarning mehnat bozoriga kirib kelishi, ularni kasb-hunarga tayyorlash, doimiy va mavsumiy bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirish, mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq masalalarni tartibga solish hamda zamonaviy kasblarga o‘qitish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida tahlil qilingan. Xorazm viloyatining demografik tarkibi, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, turizm, hunarmandchilik va kichik biznesning hududiy xususiyatlari yoshlar bandligiga ta’sir etuvchi omillar sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mustaqillikning dastlabki davridan boshlab bugungi kunga qadar bandlik siyosatida yuz bergan institutsional o‘zgarishlar tahlil qilinib, zamonaviy bosqichda “Yoshlar daftari”, manzilli bandlik dasturlari, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va oliy ta’lim bitiruvchilarini mehnat bozoriga integratsiya qilish mexanizmlarining ahamiyati ochib berilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务