MUSTAQILLIK YILLARIDA MILLIY HUNARMANDCHILIKDA YOSHLARGA HUNAR O'RGATISHDA USTA–SHOGIRD AN'ANASINING AHAMIYATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy hunarmandchilikning rivojlanishi hamda yoshlarga hunar o‘rgatishda usta–shogird an’anasining ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Unda milliy hunarmandchilikning tarixiy ildizlari, ma’naviy va iqtisodiy ahamiyati hamda yosh avlodni kasbga yo‘naltirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, usta–shogird tizimining kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, milliy qadriyatlarni asrash va madaniy merosni avloddan avlodga yetkazishdagi roli ochib berilgan. Tadqiqot davomida mustaqillik davrida hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati va islohotlari tahlil qilindi. Maqolada an’anaviy ta’lim shakllarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish zarurati asoslab beriladi. Olingan natijalar usta–shogird an’anasining yoshlar bandligini ta’minlash va milliy hunarmandchilikning barqaror rivojiga xizmat qilishini ko‘rsatadi.



