遇见数据集

YOSH O'TISHI BILAN GOMEOSTAZNING BUZILISHI ENDOKRIN VA IMMUN TIZIMDAG O'ZGARISHLAR

收藏
Zenodo2025-12-10 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Yosh o‘tishi biologik jarayon sifatida organizmning barcha tizimlarida progressiv funktsional va struktur o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi. Ushbu maqolada yosh o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan gomeostazning buzilishi, ayniqsa endokrin va immun tizimlardagi o‘zgarishlar chuqur tahli qilingan. Endokrin sistemada yosh o‘tishi bilan hormonal disbalans rivojlanadi, bu esa metabolik sindrom, insulin qarshiligi, oshqozon osti bezi, buyrak usti va jinsiy bezlar faoliyatining pasayishiga olib keladi [1]. Ghrelin, leptin, insulin kabi hormonlarning sekretsiyasidagi o‘zgarishlar to‘qimalarning regeneratsiya qobiliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi [2]. Immun tizimda esa immunosensehensiya - immunitetning yoshga bog‘liq pasayishi kuzatiladi, bu organizmning infektsiyalar, o‘smalar va otoimmun kasalliklarga qarshiligini kamaytiradi [3]. Timus involyutsiyasi, T-limfotsitlarning diversifikatsiyasining pasayishi, sitokinlar disbalansi immunitetning yosh bilan bog‘liq zaiflashuvining asosiy omillaridir [4]. Yosh o‘tishi bilan endokrin va immun tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ham o‘zgaradi, bu ikkala tizimning ham disfunktsiyasiga olib keladi [5]. Ushbu jarayonlarni tushunish yangi terapevtik strategiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi, bu esa keksa odamlarning hayot sifatini yaxshilash va yashash muddatini oshirishga xizmat qiladi [6]. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli intervensiyalar (dietalar, jismoniy mashqlar, farmakologik preparatlar) endokrin va immun tizimlarning yoshga bog‘liq o‘zgarishlarini sekinlashtirishi mumkin [7]. Ushbu maqola yosh o‘tishi bilan bog‘liq gomeostazning buzilishining molekulyar va hujayra mexanizmlarini, shuningdek, potentsial terapevtik yondashuvlarni o‘rganadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2025-12-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务