GENERATIV SUN'IY INTELLEKT VOSITALARIDAN FOYDALANISH ORQALI KASBIY TA'LIM O'QUVCHILARINING AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIGA OID KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
收藏资源简介:
So'nggi yillarda generativ sun'iy intellekt (Generative Artificial Intelligence – GenAI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta'lim tizimining barcha bosqichlarida yangi pedagogik imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. Xususan, ChatGPT, Google Gemini, Microsoft Copilot, Claude, Perplexity AI va boshqa generativ sun'iy intellekt vositalari ta'lim jarayonini shaxsga yo'naltirilgan, moslashuvchan va interaktiv shaklda tashkil etishga xizmat qilmoqda. Bunday vositalar o'quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga (AKT) oid bilim, ko'nikma va kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim didaktik resurs sifatida namoyon bo'lmoqda. Mazkur maqolada generativ sun'iy intellekt vositalaridan foydalanish orqali kasbiy ta'lim o'quvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid ko'nikmalarini rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilgan. Taklif etilgan metodika kompetensiyaviy, tizimli, faoliyatga asoslangan va shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlar integratsiyasiga asoslanadi. Metodikada o'quv maqsadlari, ta'lim mazmuni, pedagogik texnologiyalar, generativ sun'iy intellekt vositalari, baholash mezonlari hamda kutilayotgan natijalar yagona didaktik tizim sifatida asoslangan.



