INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA TIBBIY TERMINLARNING KONSEPTUAL SHAKLLANISHI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Mazkur tezisda ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy terminlarning konseptual shakllanish xususiyatlari kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tibbiy termin faqat muayyan kasallik, simptom, anatomik tuzilma yoki davolash usulining nomi emas, balki tibbiy bilimning muayyan konseptual tuzilmasini til orqali ifodalovchi birlik sifatida qaraladi. Tadqiqotda konsept, kategoriyalash, freym, obraz-sxema, konseptual metafora, metonimik ko‘chish, terminologik ixtisoslashuv va o‘zlashma jarayonlarining tibbiy terminlarning shakllanishidagi o‘rni yoritiladi. Ingliz tili materiallari bilan o‘zbek tili materiallari qiyoslanib, xalqaro yunon-lotin asoslarining o‘zbek tiliga kirishi, milliy leksik resurslarning faol qo‘llanishi va terminlarning fonetik-morfologik moslashuvi kabi jarayonlar ko‘rsatib beriladi. Natijada tibbiy terminologiyaning shakllanishi tilning ichki qonuniyatlari bilan bir qatorda insonning tibbiy hodisalarni idrok etishi, tasniflashi va konseptuallashtirishi bilan chambarchas bog‘liqligi asoslanadi.



