NUTQDA "SUKUT"NING LINGVOPARAMATIK VAZIFASI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada nutq jarayonida sukut fenomenining lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sukutning nutqdagi o‘rni, uning pauzadan farqi hamda kommunikativ jarayondagi asosiy funksiyalari yoritilgan. Xususan, sukutning axborot yetkazish, baholash, munosabat bildirish va strategik vosita sifatidagi roli ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, pedagogik nutqda sukutning tarbiyaviy va intizomiy ahamiyati ochib beriladi. Maqolada o‘zbek nutqiy muhitida sukutning milliy-madaniy xususiyatlari tahlil qilinib, uning hurmat, mulohazalilik va ijtimoiy uyg‘unlikni ifodalovchi vosita ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari sukutni nutqda passiv hodisa sifatida emas, balki faol lingvopragmatik birlik sifatida baholash zarurligini asoslaydi.



