KUZGI BUG'DOY DONINING TEXNOLOGIK SIFAT KO'RSATKICHLARIGA FOSFORLI VA KALIYLI O'G'ITLARNING TA'SIRI
收藏资源简介:
ANNOTATSIYA: Ushbu tezisda Qashqadaryo viloyatining bo‘z-o‘tloqi tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy donining texnologik sifat ko‘rsatkichlariga fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning me’yorlari, qo‘llash muddatlari va usullarining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlarda donning fraksion tarkibi, 1000 dona don vazni, shishasimonligi, don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdori hamda IDK ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Fosfor va kaliyli o‘g‘itlarni turli me’yor va usullarda qo‘llash natijasida donning yirikligi, 1000 dona don vazni, shishasimonligi hamda oqsil va kleykovina miqdorlarida o‘zgarishlar aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, N180P90K60 kg/ga me’yorida fosfor va kaliyni ekish bilan birga tuproq ichidan qo‘llash kuzgi bug‘doy donining texnologik sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashda samarali bo‘lgan.



