IJTIMOIY-HISSIY TA'LIM ASOSIDA O'QUVCHILARDA HAYOTIY KO'NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH METODLARI (ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARI MISOLIDA)
收藏资源简介:
Zamonaviy ta’lim tizimi o‘qituvchidan pedagogik tajriba bilan birga o‘quvchilardagi ijtimoiy-hissiy holatni boshqarishni ham talab etadi. Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida ijtimoiy-hissiy ta’lim (Social-Emotional Learning – SEL) asosida o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Ona tili va adabiyot darslarida interfaol metodlar orqali o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasi, empatiya, tanqidiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolani tayyorlash davomida kuzatish, pedagogik tajriba va tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy-hissiy ta’lim elementlarini dars jarayoniga integratsiya qilish o‘quvchilarning nutq faolligi va ijtimoiy moslashuv darajasini sezilarli oshiradi.



