ISLOM MOLIYASINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI: GLOBAL TENDENSIYALAR TAHLILI
收藏资源简介:
Ushbu maqola islom moliyasining nazariy va amaliy asoslarini, asosiy moliyaviy instrumentlarini hamda zamonaviy global tendensiyalarini ilmiy jihatdan tahlil etishga bag'ishlangan. Tadqiqotda islom moliyasining Shariat tamoyillariga asoslangan konseptual negizi — ribo (foiz)ni taqiqlash, foyda va zararni taqsimlash, real aktivlarga asoslanish kabi fundamental qoidalar — tizimli ravishda yoritilgan. Maqolada sukuk, murobaha, mushoraka, mudaraba, ijara va takaful kabi asosiy moliyaviy instrumentlarning mohiyati, huquqiy tuzilishi va amaliy qo'llanilishi keng ko'lamda tahlil qilingan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida qiyosiy tahlil, statistik ma'lumotlar tahlili va adabiyotlar sharhi usullaridan foydalanilgan. Maqola natijalari shuni ko'rsatadiki, islom moliyasi bugungi kunda tor konfessional doiradan chiqib, xalqaro miqyosda axloqiy va barqaror moliyaviy muqobil sifatida tobora muhim o'rin egallaydi.



