遇见数据集

MUSIQA ORQALI MILLIY QADRIYATLARNI SINGDIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

收藏
Zenodo2026-06-02 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tezis musiqa orqali milliy qadriyatlarni singdirishning pedagogik asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Musiqa nafaqat san’at ifodasi, balki o‘quvchilarda madaniy meros, axloqiy tamoyillar hamda milliy o‘zlikni shakllantirish vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda yoshga mos metodlardan foydalanish, interaktiv mashg‘ulotlarni tashkil etish, ijodiy faoliyatni rivojlantirish va milliy musiqiy materiallarni maqsadga muvofiq tanlashning qadriyatlarni singdirishdagi o‘rni yoritilgan. Guruhli ijro, qo‘shiq matnini tahlil qilish hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning diqqatini jalb etish, hissiy tajribasini boyitish va madaniy-axloqiy qadriyatlarni chuqurroq o‘zlashtirishiga xizmat qiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, musiqa pedagogikasi o‘quvchilarda milliy ongni shakllantirish, estetik didni rivojlantirish va ma’naviy tafakkurni yuksaltirishda samarali vosita hisoblanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务