INVESTITSION FAOLIYAT YURITUVCHI KORXONALAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH VA ULARNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO'NALISHLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida investitsiya faoliyatining tutgan o‘rni hamda korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tahlil etiladi. Tadqiqotda investitsion korxonalar salohiyatini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy, huquqiy, moliyaviy va infratuzilmaviy omillar yoritiladi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv mexanizmlarining investitsiya jarayonlariga ta’siri, davlatning investitsiya muhiti hamda qo‘llab-quvvatlash siyosatining ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Ishda investitsiya muhitini takomillashtirish, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, korxonalar boshqaruvini optimallashtirish hamda ularga zarur moliyaviy manbalarni yetkazib berishning dolzarbligi alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, istiqbolli yo‘nalishlar - yuqori texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, ekologik barqarorlik va raqamli iqtisodiyotga investitsiyalar jalb qilishning ustunliklari tahlil qilinadi. Tadqiqotda investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish, korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan kompleks strategik yo‘nalishlar hamda takliflar ilgari suriladi. Mazkur maqola investitsiya jarayonlarini rivojlantirish va ularning natijadorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.



