O'QUVCHILARGA STEAM TA'LIM FANLARINI MUSTAQIL O'RGATISHGA QARATILGAN MOBIL ILOVA YARATISH (5-SINFLAR MISOLIDA)
收藏资源简介:
Ushbu maqolada 5-sinf o‘quvchilari uchun STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) fanlarini mustaqil o‘rganishga mo‘ljallangan mobil ilova yaratishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda “3 bosqichli mustaqil STEAM o‘rganish modeli” (tushunish–amaliyot–yaratish) taklif etilgan. Ilova interaktiv darslar, virtual laboratoriyalar, test va baholash modullari hamda o‘yinlashtirish elementlarini o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, mobil ilovadan foydalangan o‘quvchilarning STEAM fanlariga qiziqishi oshdi, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalari rivojlantirildi va darslarda faollik ortdi. Ushbu yondashuv ta’limni individuallashtirish, o‘quvchilarning kreativ va analitik tafakkurini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim talablariga moslashtirishda samarali vosita sifatida xizmat qiladi.



