O'ZBEKISTONNING GRUZIYA BILAN IQTISODIY HAMKORLIGI
收藏资源简介:
Bugungi zamonaviy dunyo oʻzaro geosiyosiy qarashlar bilan emas balki, manfaatli hamkorlik tamoyili asosida rivojlanmoqda. Endilikda hududlarni bogʻlay oladigan tovar, investitsiyalar va texnologiyalar uchun qulay sharoit yaratadigan davlatlarning oʻrni va ahamiyati ortib bormoqda. Shu bois xalqaro siyosat e'tibori mintaqa va qit'alarni oʻzaro bogʻlaydigan davlatlarga qaratilgan. Bugun Oʻzbekiston va Gruziya aynan shunday oʻrinni egallab bormoqda. Qulay geografik joylashuvi, oʻsib borayotgan iqtisodiy salohiyati ochiq muloqot va sheriklikka intilishi bu ikki mamlakatni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazni bogʻlovchi muhim tayanch nuqtalardan biriga aylantirmoqda. Ushbu ilmiy maqolada Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik koʻrsatkichlari, eksport-import, savdo hajmi, tovar ayirboshlash, transport- logistika masalalari tahlil qilinadi. Mustaqillik davridan boshlab ikki mamlakat iqtisodiy holati, 1991- 2026- yillardagi hamkorlikning tarixi va iqtisodiy tamoyili hamda turli yillarda davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni faol rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan oliy darajadagi hukumat tashriflari keltiriladi. 2026 - yil 2-3-iyul kunlari Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga oliy darajadagi davlat tashrifi va unda imzolangan strategik sheriklik toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga alohida toʻxtalib oʻtiladi. Shuningdek transport - logistika, Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasidagi savdo va yuk tashishda Poti va Botumi portlarining oʻrni yoritiladi.



