遇见数据集

AYOLLAR VA VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN ZOʻRAVONLIKNING ZAMONAVIY SHAKLLARI: STALKING HAMDA ONLAYN GRUMINGGA QARSHI KURASHNING HUQUQIY MEXANIZMLARI

收藏
Zenodo2026-04-22 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zoʻravonlikning zamonaviy shakllari – stalking (noqonuniy ta'qib) hamda onlayn gruming hodisalarining huquqiy tavsifi, tarqalish tendensiyalari va ularga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlari qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-son Farmonida stalking, kiberstalking va onlayn gruming uchun jinoiy javobgarlikni belgilash zarurligi koʻrsatilganligi va shu munosabat bilan milliy qonunchilikni takomillashtirish masalasi ilmiy-huquqiy jihatdan asoslab berilgan. AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va Yevropa Ittifoqi davlatlarining qonunchilik tajribasi hamda sud amaliyoti oʻrganilgan holda stalkingni va onlayn grumingni mustaqil jinoiy tarkib sifatida tartibga olishning optimal modellari taklif etilgan. Istanbul konvensiyasining 34-moddasi va BMT Bosh kotibining 2024-yilgi hisoboti asosida xalqaro standartlar milliy huquq tizimiga implementatsiya qilish yoʻnalishlari belgilab berilgan. Maqola yakunida Jinoyat kodeksiga stalking va onlayn grumingni mustaqil jinoiy tarkib sifatida kiritish, raqamli dalillar standartlarini ishlab chiqish hamda tezkor himoya orderlari tizimini takomillashtirish borasida kompleks taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-22
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务