遇见数据集

Muzey pedagogikasining bo'lajak o'qituvchilar kasbiy kompetentligini rivojlantirishdagi o'rni

收藏
Zenodo2026-06-15 更新2026-06-18 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tadqiqotda muzey pedagogikasining bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi muzey pedagogikasi vositalaridan foydalanish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentlik darajasini oshirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash va ilmiy asoslashdan iboratdir. Ishda kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim hamda faoliyatga asoslangan yondashuvlar metodologik asos sifatida qo‘llanildi. Tadqiqot davomida muzey pedagogikasining kognitiv, kommunikativ, refleksiv va madaniy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi samaradorligi asoslab berildi. Shuningdek, muzey muhitida tashkil etilgan interaktiv mashg‘ulotlar bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda muhim didaktik vosita ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar muzey pedagogikasining pedagogik ta’lim jarayoniga integratsiyasi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamda muzey pedagogikasi imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-15
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务