BADIIY ASARLARDA XOLERIK TEMPERAMENTLI OBRAZLARNI ANIQLASH USULLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada badiiy asarlarda xolerik temperamentli obrazlarni aniqlashning asosiy usullari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida xolerik temperamentga xos bo‘lgan psixologik va lingvistik belgilar, jumladan, obrazlarning nutqiy xususiyatlari, hissiy-ekspressiv birliklari, ichki monologlari, harakat dinamikasi hamda ijtimoiy munosabatlari o‘rganilgan. Shuningdek, muallif tavsiflari, psixologik portret va tasviriy vositalar orqali qahramon temperamentini aniqlash imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada xolerik obrazlarning badiiy asar syujeti va konfliktlar rivojidagi o‘rni ham alohida tahlil qilinib, temperamentni o‘rganishning adabiyotshunoslik hamda psixologiya fanlari uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab berilgan.



