遇见数据集

MIOTOMADA BIOKIMYOVIY TAHLILLAR VA ULARNING O'ZGARISH DINAMIKASI

收藏
Zenodo2026-06-03 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Miotomalar — bu skelet mushaklarini zararlovchi kasalliklar guruhi bo‘lib, ularning asosida genetik, metabolik yoki yallig‘lanishli omillar yotadi. Ushbu kasalliklarda mushak tolalarida strukturaviy o‘zgarishlar, hujayra ichidagi energetik va biokimyoviy muvozanatning buzilishi kuzatiladi. Biokimyoviy tahlillar — kasallik kechishini baholash va davolash samaradorligini monitoring qilishning asosiy vositasi hisoblanadi. Maqolada kreatin kinaza (CK), miyoglobin, laktat dehidrogenaza (LDH), aminotransferazalar, microRNA, neyrofilamentlar va immunologik markerlarning dinamik o‘zgarishi tahlil qilindi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, CK va miyoglobin faollashgan davrda keskin oshadi, davolash bosqichida esa asta-sekin pasayadi. Yangi biomarkerlar esa erta diagnostika va terapiyaga javobni baholashda muhim ahamiyatga ega. Biokimyoviy monitoringni klinik belgilar va instrumental tahlillar bilan birgalikda olib borish diagnostik aniqlikni oshiradi va davolash natijasini yaxshiroq baholash imkonini beradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-03
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务