KASBIY MA'NAVIY MADANIYAT
收藏资源简介:
Mazkur maqolada kasbiy ma'naviy madaniyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning tarkibiy qismlari hamda zamonaviy ta'lim tizimidagi o'rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot davomida kasbiy ma'naviy madaniyatni shakllantirishga oid mahalliy va xorijiy ilmiy adabiyotlar, me'yoriy-huquqiy hujjatlar hamda pedagogik tadqiqotlar o'rganildi. Tahlillar natijasida kasbiy ma'naviy madaniyat mutaxassisning kasbiy kompetensiyasi, axloqiy qadriyatlari, kasbiy mas'uliyati va kommunikativ salohiyatini uyg'unlashtiruvchi muhim omil ekanligi aniqlandi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar rivojlanishi, globallashuv jarayonlari va mehnat bozoridagi o'zgarishlar sharoitida kasbiy ma'naviy madaniyatni rivojlantirishning dolzarbligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari ta'lim muassasalarida ma'naviy-axloqiy tarbiyani takomillashtirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayonida foydalanish uchun tavsiya etiladi.



