遇见数据集

BOLALARDA YO'G'ON ICHAKNING UZAYISHI VA FIKSATSIYA BUZILISHIDA GISTOLOGIK BELGILAR ASOSIDA JARROHLIK DAVOLASHNI ASOSLASH

收藏
Zenodo2026-02-28 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Bolalarda yo‘g‘on ichakning uzayishi va fiksatsiya buzilishi bilan kechuvchi holatlarda jarrohlik davolashga o‘tish masalasi bolalar jarrohligida eng muhim klinik qarorlardan biri hisoblanadi [4,5,7]. Amaliyotda ko‘pincha jarrohlik faqat klinik belgilar og‘irlashganda yoki asoratlar rivojlanganda amalga oshiriladi [1,10]. Biroq klinik belgilar kech namoyon bo‘lishi mumkin, ichak devorida esa allaqachon qaytmas morfologik o‘zgarishlar shakllangan bo‘ladi [6,7]. Gistologik tekshiruv natijalari jarrohlik davolash zaruratini erta bosqichda asoslash imkonini beradi, chunki ichak devoridagi strukturaviy o‘zgarishlar klinik belgilar paydo bo‘lishidan oldin shakllanadi [6,7]. Shu sababli yo‘g‘on ichak devorida aniqlanadigan morfologik “ogohlantiruvchi belgilar”ni aniqlash va ularning klinik ahamiyatini baholash dolzarb hisoblanadi [2,3].

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-28
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务