GEMODIALIZ O'TKAZILAYOTGAN BEMORLARDA YASHAB QOLISHGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR: LOGISTIK REGRESSIYA TAHLILI
收藏资源简介:
Gemodializ olayotgan bemorlarning yashab qolishi demografik, klinik va biokimyoviy omillarning murakkab o'zaro ta'siriga bog'liq. Ushbu tadqiqotda Samarqand viloyati nefrologiya markazida kuzatilgan gemodializ bemorlarida 19 ta potensial o'lim prediktorlari bir omilli logistik regressiya tahlili yordamida baholandi. Markaziy venoz kateter qo'llanishi (OR = 3.00), surunkali yurak yetishmovchiligi (OR = 2.54), dializseansni o'kazib yuborish (OR = 2.50), dializ paytidagi gipotenziya (OR = 2.00) va qandli diabet (OR = 1.92) o'lim xavfini oshiruvchi eng kuchli mustaqil omillar sifatida aniqlandi. Yetarli dializ davomiyligi, yuqori albumin darajasi va saqlangan qoldiq diurez himoya omillari sifatida baholandi. Olingan natijalar surunkali buyrak kasalligida renal almashtirish terapiyasida yashab qolishni yaxshilashga qaratilgan maqsadli aralashuvlar uchun muhim asos bo'lib xizmat qiladi [1–5].



