TURK XALQ MAQOLLARIDA HAYVONLAR OBRAZI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada turk xalq maqollarida hayvonlar obrazining qo‘llanilishi va ularning ma’no-mohiyati tahlil qilingan. Maqollar xalq og‘zaki ijodining muhim qismi sifatida xalqning hayotiy tajribasi, dunyoqarashi va axloqiy qadriyatlarini qisqa va obrazli tarzda ifodalashi ta’kidlanadi. Tadqiqotda Ziya Gökalpning maqollar haqidagi qarashlariga tayanilib, ularning milliy ruh va madaniyatni aks ettiruvchi manba ekanligi yoritilgan. Shuningdek, maqollarda uchraydigan hayvon obrazlari — zoonimlarning ramziy ma’nolari ochib berilgan. Arslon, ot, it kabi ijobiy timsollar hamda tulki, eshak, ilon kabi salbiy obrazlar orqali inson xulqi va xarakter xususiyatlari ifodalangani misollar bilan ko‘rsatilgan. Har bir obrazning ma’nosi va ularning xalq tafakkuridagi o‘rni tahlil qilingan.



