遇见数据集

XORIJIY TAJRIBADA INFRATUZILMA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH USULLARI VA ULARNI O'ZBEKISTON SHAROITIDA TATBIQ ETISH ISTIQBOLLARI

收藏
Zenodo2026-07-29 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada xorijiy mamlakatlarda infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishning davlat budjeti, davlat-xususiy sheriklik, loyiha moliyalashtirish, infratuzilma obligatsiyalari, “yashil” obligatsiyalar, sukuk, aralash moliyalashtirish hamda xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan foydalanish kabi asosiy usullari tahlil qilingan. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribasi asosida mazkur mexanizmlarning afzalliklari, kamchiliklari, moliyaviy va fiskal xatarlari o‘rganilgan. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, guruhlash va umumlashtirish usullaridan foydalanilgan. O‘zbekistonda infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishning amaldagi holati baholanib, davlat budjeti imkoniyatlarining cheklanganligi, uzoq muddatli moliyaviy resurslar yetishmasligi, valyuta xatarlari va loyihalarni tayyorlash sifati bilan bog‘liq muammolar aniqlangan. Maqolada davlat-xususiy sheriklikni takomillashtirish, mahalliy valyutadagi infratuzilma obligatsiyalarini rivojlantirish, “yashil” moliyalashtirish va sukuk instrumentlarini joriy etish, institutsional investorlarni jalb qilish hamda loyihalarning fiskal xatarlarini oshkora baholash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu mexanizmlarning izchil qo‘llanilishi O‘zbekistonda infratuzilma investitsiyalari hajmini oshirish, davlat budjetiga tushadigan yukni kamaytirish va xususiy kapital ishtirokini kengaytirishga xizmat qilishi asoslangan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-29
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务